Safar Barnoyev

Shoir, Yozuvchi
Safar Barnoyev
Tavallud sanasi:
1938 May 6
Vafot sanasi:
2001 yi

 

Bolalar va o‘smirlar adibi Safar Barnoyevning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Tog‘damen» nomi bilan chop etildi. U bolalar adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun «Ofarin» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Navbat bolalar va o‘smirlar adibi Safar Barnoyevga kelganda tajriba tarzida, ya’ni adib o‘z qo‘li bilan yozib bergan «Mening tarjimai holim»ini shundayligicha keltirishni afzal bildik.

Tarjimai hol

«Odatda tarjimai hol yozgan yoki biror rasmiy hujjat to‘ldirgan odam, «Men falon yil, falon oyning falon kunida tug‘ilganman», deb aniq yozadi.

Afsuski, men bunday qilolmayman. Sababi: to men maktabni bitirgunimcha rahmatli onam Ro‘zigul Sobir qizining qo‘lida hech qanday hujjat bo‘lmagan. Tug‘ilgan qishlog‘im Buxoro yaqinidagi Dilkusho degan joyda qishloq sho‘rosi bo‘lib ishlagan odamdan hujjat so‘ralganda u hech ikkilanmay «bolayiz mening o‘g‘lim bilan baravar», deb guvohnoma to‘ldirib bergan.

Unda mening tug‘ilgan yilim 1938 yil 6 may ko‘rsatilgan. Mana shu hisob bilan yashab kelaman. Birov surishtirgani ham yo‘q... Aslida esa onam, sen tut pishig‘ida, kimningdir to‘yi kuni tug‘ilgansan, der edilar.

Yana onam sen olti oyga to‘lganingda otang urushga ketdi: «Mening kafanim bo‘ynimga o‘ralgan, qaytib senlarni ko‘rolmayman, deb seni bag‘riga bosib yig‘ladi», der edi. Otam biz bilan abadiy xayrlashganini keyin tushundim. Bu endi mening mangu armonim - «Sog‘inch», «Chehralar» nomli she’rlar, balladalar to‘plamimni varaqlasangiz, bu dardni sezarsiz. «Biz, urush bolalari», deb she’rlar yozishim shundan.

Buxoroi Sharifda o‘ninchi sinfni 1959 yili tugatdim. Bir fursat qurilishda ishladim. Ozgina harbiy kiyim kiydim.

1966 yili esa Toshkent Davlat universitetining jurnalistika bo‘limini tugatdim. Birinchi she’rim «Lager qo‘ynida» nomi bilan 1959 yilda e’lon qilingan...»

Adib «Kamalak» nashriyotida, Respublika Yozuvchilar uyushmasida, Xalq ta’limi vazirligida mas’ul vazifalarda ishladi. Bir necha yil «Gulxan» jurnalida bosh muharrir bo‘ldi.

Safar Barnoyev 2000 yilda vafot etgan.

Faoliyati

Uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Tog‘damen» nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng «Birinchi tabassum» (1972), «Dadamning qo‘llari» (1974), «Sog‘inch» (1975), «Yulduzxon va Bahorjon» (1977), «Soldat qaytgan kun» (1979), «Oq laylaklar» (1982), «Egizaklar» (1985), «Mukofot» (1983), «Tinchlikni ulug‘laymiz» (1986), «Dadam haqida qo‘shiq» (1989), «Karimjon - karmon» (1988) kabi o‘nlab she’riy va nasriy asarlari chop etildi.

Bularning ko‘plari rus, ukrain, belorus, latish, moldovan, polyak, chex, arman, ozar, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq tillariga ham ag‘darildi. Mazkur to‘plamlarga kirgan asarlarning bosh qahramonlari yoshlar, o‘smirlar, bosh g‘oyasi esa urush qoldirgan jarohatlarni ko‘rsatish orqali hozirgi yoshlarni istiqlol ruhida tarbiyalashdan iborat.

Uning «Ota o‘g‘li», «Qirq yettinchi yil» hikoyalar turkumi xuddi shu maqsad, shu g‘oyani ilgari suradi.

Adib tarjimai holida yozishicha, 1987 yili Afg‘onistonga boradi. «Borishdan bosh niyat, yigirmanchi yillarda bizning ota-bobolarimiz inqilobni qay tarzda qabul qilganini ko‘rish, his etish edi. Savr inqilobi, Oktyabr inqilobining ikkalasiga ham bir xil odamlar bosh bo‘lganini afg‘on tuprog‘ida ko‘rib qaytdi». «Afg‘on hikoyalari» turkumi ana shu yo‘sinda dunyoga keldi. «Shayton ergashgan bola» ham shu safar mevasidir.

Safar Barnoyev «Tinchlikni ulug‘laymiz» kitobi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘afur G‘ulom nomidagi yillik mukofotiga, bolalar adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun «Ofarin» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/barnoyev_safar
Sayt foyda berdi!
87500 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi